» » Buxoroda musavvirlar ko‘chasi paydo bo‘ladi

Buxoroda musavvirlar ko‘chasi paydo bo‘ladi


Buxoro shahrining turizm salohiyatini kengaytirish va qo‘shimcha ko‘ngilochar mashg‘ulotlar turlarini yaratish maqsadida davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi “erkin rassomlar” ko‘chasini yaratish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Buxoro shahri mahalliy hukumat vakillari bilan “erkin rassomlar” ko‘chasini tashkil etiladigan hudud bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, mahalliy rassomlarning fikri o‘rganildi. Buxorolik rassomlar mazkur loyihada faol ishtirok etishga rozilik bildirdi.

Rassomlar ko‘chasini yaratish tajribasi yetakchi xorijiy turistik markazlarda mavjud. Shuningdek, bunday ko‘cha Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida ham faoliyat yuritadi.

“Bunday ko‘chada har qanday sayyoh bajonidil sayr qiladi. Ular suratlarni tomosha qiladi, rassomlarga suratini chizdiradi yoki tayyor suratlardan birini xarid qiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют