» » Qishki Olimpiada. Komil To‘xtayev gigant slalomdagi chiqishida 52-o‘rinni egalladi

Qishki Olimpiada. Komil To‘xtayev gigant slalomdagi chiqishida 52-o‘rinni egalladi


Pxyonchxan Olimpiadasining ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqqan Komil To‘xtayev gigant slalom bellashuvlarida chiqish qildi.

Tog‘ chang‘isini sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan To‘xtayev ilk urinishida 1:17,72 vaqtli natija ko‘rsatdi va 60-o‘rindan joy oldi. Uning ikkinchi urinishi esa 1:18,72 bo‘ldi.

Gigant slalomda jami 75 nafar sportchi ishtirok etgandi. Komil To‘xtayev ular orasida 52-pog‘onani qo‘lga kiritdi. Tog‘ chang‘isining mazkur turida chempion bo‘lgan avstraliyalik Marsel Xisher o‘zbekistonlik sportchidan 17,95 soniya tezroq harakat qilgandi.

“Olamsport” nashrining xabar berishicha, To‘xtayevning navbatdagi chiqishi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. 21 yoshli sportchi Yongpyong Alpine Centre sport majmuasida tog‘ chang‘isining slalom turida o‘z omadini sinab ko‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют