» » “Dauning-stritdagi drama”: Buyuk Britaniya bosh vazirining mushugi TIV mushugi bilan janjallashib qoldi

“Dauning-stritdagi drama”: Buyuk Britaniya bosh vazirining mushugi TIV mushugi bilan janjallashib qoldi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning mushugi Larri TIV rahbari Boris Jonsonga tegishli mushuk Palmerston bilan janjallashib qoldi. Bu haqda jurnalist Nik Dikson Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.

“Tongda Dauning-stritda drama yuz berdi. Mushuk Larri TIVdan Palmerston bilan janjallashdi. Jangda mushuklar bo‘yinbog‘ va yungini yo‘qotdi” — deb yozadi Nik.

Larrining Twitter’dagi sahifasida uning xabariga javob paydo bo‘ldi.

Olishuvdan so‘ng yerda Larrining Britaniya bayrog‘i tushirilgan bo‘yinbog‘i qolib ketdi. Bundan Daily Mail uning yutqizganligi haqida xulosa qildi. Nashr Palmerston “omadliroq ishchi” ekanligi va xizmatga kirishgandan buyon (2016-yil) 27 ta sichqonni tutganligini ta’kidlaydi. Larri esa uyi yaqinida suratga tushishi bilan ko‘proq yodda qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют