» » “Paxtakor” o‘zining sobiq futbolchisi Igor Sergeyev to‘p surayotgan klubni mag‘lubiyatga uchratdi

“Paxtakor” o‘zining sobiq futbolchisi Igor Sergeyev to‘p surayotgan klubni mag‘lubiyatga uchratdi


Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni Amirliklarda olib borayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi “Al-Dafra” ustidan zafar quchdi.

Dubaydagi “Jebel Ali” maydonida o‘tgan o‘yinda “Paxtakor”ning legioner futbolchilari o‘zini ko‘rsatdi. Avvaliga avstraliyalik Rostin Griffits raqib postiga gol urgan bo‘lsa, keyinroq portugaliyalik Ismoil Gonsalvesh hisobdagi ustunlikni oshirdi.

Bungacha “Al-Dafra” klubi sobiq “paxtakorchi” Igor Sergeyevni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Amirlik chempionatida 10-o‘rinni egallab turgan “Al-Dafra”dagi to‘rtinchi o‘yinida Sergeyev debyut golini urishga erishgandi. “Paxtakor” matbuot xizmatining xabar berishicha, Sergeyev sobiq jamoasiga qarshi bellashuvda ishtirok etgan.

Avvalroq poytaxtning boshqa bir klubi “Bunyodkor” o‘zining sobiq futbolchisi Otabek Shukurov to‘p surayotgan klub ustidan ishonchli g‘alabaga erishgandi.

O‘rtoqlik o‘yini

Dubay, BAA

17-fevral, shanba

Gollar: Rostin Griffits, 28 (0:1). Ismoil Gonsalvesh, 80 (0:2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют