» » Zlatan Ibrahimovich endilikda “Park de Prens” qiroli emas. Edinson Kavani tojni undan tortib oldi

Zlatan Ibrahimovich endilikda “Park de Prens” qiroli emas. Edinson Kavani tojni undan tortib oldi


“PSJ” klubining urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani klub tarixidan joy oldi.

Mazkur klubga qarashli “Park de Prens” stadionida eng ko‘p gol urgan futbolchi Zlatan Ibrahimovich edi. Shved futbolchisi Parijdagi faoliyati davomida “PSJ”ning uy arenasida jami 85 ta gol urishga erishgandi. Kecha — 17-fevral kuni Kavani Ibrahimovichdan o‘zib ketdi.

Fransiya chempionatining navbatdagi turida “PSJ” 5:2 hisobida zafar quchdi. Raqib “Strasburg” darvozasiga urgan birinchi goli bilan Kavani Zlatanga yetib olgandi. Ikkinchi goli bilan esa rekordni yangilashga erishdi.

Bungacha Kavani “PSJ” uchun eng ko‘p gol urgan futbolchi maqomini tortib olib ulgurgandi. Faoliyatini “Manchester Yunayted” safida davom ettirayotgan Ibrahimovich parijliklar uchun jami 156 ta gol urishga erishgan. Kuchli uchlikni 109 ta gol bilan portugaliyalik Pedru Pauleta yakunlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют