» » O‘zbekistonda o‘tgan yili yaqin qarindoshlar tomonidan 200 ga yaqin qotillik sodir etildi

O‘zbekistonda o‘tgan yili yaqin qarindoshlar tomonidan 200 ga yaqin qotillik sodir etildi


2017-yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli yaqin qarindoshlar bir-biriga nisbatan sodir etgan qotilliklar soni 200 ga yaqin bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatida ma’lum qildi.

Ushbu jinoyatlarning 62 tasi er xotiniga, 10 tasi xotin eriga, 119 tasi esa yaqin qarindoshlar tomonidan bir-birlariga nisbatan sodir etilgan. Bunday noxushliklar asosan Samarqand viloyati (27), Toshkent shahri (24), Toshkent (22) va Farg‘ona (21) viloyatlarida ko‘proq uchradi.

Har qanday jinoyat sodir bo‘lishi tashvishlanarli, biroq bu jarayonda xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar uchrayotgani yanada ayanchli holat.

Masalan, ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 9,5 mingdan ortig‘i xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan. Farg‘onada 1625, Toshkent shahrida 1592, Toshkent viloyatida 1402, Samarqandda 1066, Andijonda 972 va Namanganda 751 nafar ayol jinoyatga qo‘l urgan.

Joylarda uyushmagan, tarbiyasi og‘ir, ish va o‘qishga joylashmagan yoshlar 26579 ta jinoyat sodir qilgan. Maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilgan.

Voyaga yetmaganlar tomonidan 1430 ta jinoyat, shundan, 778 ta o‘g‘rilik, 79 ta bezorilik, 77 ta talonchilik, 45 ta badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, 42 ta bosqinchilik va 29 ta firibgarlik holati qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют