» » KXDR AQShni Pxenyan va Seul aloqalarining yaxshilanishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinishda aybladi

KXDR AQShni Pxenyan va Seul aloqalarining yaxshilanishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinishda aybladi


KXDR AQShni Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarni qayta boshlamaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda KXDR markaziy gazetasi — Rodong’da e’lon qilingan maqolada aytiladi, deb yozadi “TASS”.

“Olimpiya mash’ali o‘chganidan keyin AQSh Koreyalar o‘rtasidagi yaxshilangan aloqalarga nuqta qo‘ymoqchi. Vashington Seul bilan harbiy mashg‘ulotlar Pxyonchxandagi Olimpiya o‘yinlari tugaganidan keyin darhol davom ettirilishi kerakligi haqida shov-shuv ko‘tarmoqda”, — deyiladi maqolada.

Gazeta mintaqada Vashingtonning siyosati tufayli keskinlik o‘sib borayotgani haqida ogohlantirdi. “AQShning strategik qurol-yarog‘lari va ko‘p sonli qo‘shinlari Koreya yarim oroliga, qo‘shni mamlakat va hududlarga to‘planadi”, — deb yozdi gazeta.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют