» » Iroqda IShIDga a’zo bo‘lgan 17 yoshli germaniyalik qiz sudlandi

Iroqda IShIDga a’zo bo‘lgan 17 yoshli germaniyalik qiz sudlandi


Bag‘dodda sud 17 yoshli germaniyalik Linda ismli qizni olti yillik qamoqqa mahkum etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Shuning besh yili IShID terrorchilik tashkilotiga a’zolik uchun, yana bir yili — Iroqqa noqonuniy ravishda kelgani uchun berildi.

Germaniyaning Saksoniya o‘lkasidagi Pulsnits shahrida yashagan Linda 2016-yil yozida islom dinini qabul qilgach, tez orada uyidan qochib ketgan. 2017-yil yozida esa boshqa bir nechta germaniyalik ayollar bilan birga Iroq qo‘shinlari Mosulni IShID qo‘lidan ozod qilgan vaqtda asir tushgan.

Ayni paytda Germaniya federal prokuraturasi Linda va boshqa germaniyalik ayollarga nisbatan terrorchilik tashkiloti faoliyatida qatnashganlik gumoni bo‘yicha tergov olib bormoqda. Ammo Germaniyada ular sudlanmasligi taxmin etilmoqda. Germaniya adliyasi ayollar erkaklardan farqli ravishda IShIDga sodiqlikka ont ichmagani va jangovar harakatlarda ishtirok etmagani sababli sudlana olmaydi, degan fikrda.

Iroq huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 509 nafar chet ellik ayol 813 farzandi bilan qo‘lga olingan, ularning 300 nafari turkiyalikdir.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют