» » Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda


19-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z missiyasini yakunlayotgan Malayziya favqulodda va muxtor elchisi Dato Noraini binti Abd Hamidni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbolli yo‘nalishlari, qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

“Uchrashuvda turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, Malayziya fuqarolari uchun 2018-yil 10-fevraldan e’tiboran 30 kungacha vizasiz tartib joriy etilishi hamda ‘Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent’ yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar Malayziyadan turistik oqimlarning yanada ko‘payishi, jumladan Samarqand va Buxoro islomiy yodgorliklarida ziyorat hajmi oshishiga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan elchiga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik izhor etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют