» » O‘zbekiston fuqarolari Oliy Majlisga jamoaviy murojaat qilishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolari Oliy Majlisga jamoaviy murojaat qilishi mumkin bo‘ladi


Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil qilgan davra suhbatida 2018-yil aprelida ishga tushirish ko‘zda tutilgan, fuqarolarning Oliy Majlis palatalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish huquqini ta’minlovchi “Mening fikrim” veb-portalining konseptual holati muhokama qilindi. Bu haqda “Narodnoye slovo” xabar bermoqda.

Veb-portalning joriy etilishi 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab qo‘yilgan.

Davra suhbati ishtirokchilari fuqarolarning hukumat vakillik organlariga elektron murojaati sohasida qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va terminlar, elektron jamoaviy murojaat turlari, mohiyati va ularning mazmuni bo‘yicha asosiy talablarni ko‘rib chiqdi.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha maxsus veb-portal konsepsiyasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют