» » Niderlandiyada fuqarolar vafotidan keyin avtomatik tarzda donorga aylanadi

Niderlandiyada fuqarolar vafotidan keyin avtomatik tarzda donorga aylanadi


Niderlandiyada senatorlar yangi qonunni qabul qildi, unga ko‘ra, mamlakatning 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolari o‘limidan keyin potensial organlar donoriga aylanadi. Ular hayot paytida bundan bosh tortgan bo‘lsa, istisnoli vaziyat yuzaga keladi. Hujjatni Niderlandiya parlamentining yuqori palatasi qabul qildi, quyi palata uni yoqlab 2017-yildayoq ovoz bergan edi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Shunga o‘xshash tizim Belgiya va Ispaniyada ham amal qiladi. Unga ko‘ra, donor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan har bir voyaga yetgan fuqaro vafotidan keyin o‘z organlarini xayriya qilishni istash-istamasligi haqida savol berilgan xatni oladi.

Savolga “Ha”, “Yo‘q” yoki “Buni yaqin qarindoshlarim hal qiladi” deb javob berish mumkin, shuningdek, qaror qabul qiladigan muayyan kishini ko‘rsatish mumkin.

Bunday anketa ilova qilingan xatga ikki marta ham javob bermaganlar avtomatik tarzda organlar donorlari deb hisoblaniladi, ammo istalgan vaqtda o‘z maqomini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют