» » Magomedov va Brensonning kompaniyasi Hindiston uchun tezyurar poyezd yaratadi

Magomedov va Brensonning kompaniyasi Hindiston uchun tezyurar poyezd yaratadi


Investorlari milliarderlar Richard Brenson va Ziyavudin Magomedov bo‘lgan Virgin Hyperloop One kompaniyasi Hindistonning Puna va Mumbay shaharlari o‘rtasida tezyurar poyezd loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu texnologiya sinovdan o‘tgandan keyingi birinchi loyihadir, deb yozadi “RBK”.

Tegishli kelishuv 18-fevral, yakshanba kuni Mumbayda VHO va Puna shahar okrugini rivojlantirish boshqarmasi o‘rtasida Magneric Maharashtra investitsion forumida imzolandi.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari yarim yil ichida ishlab chiqilishi lozim. U tasdiqlangandan so‘ng VHO trassa qurilishi uchun ariza berish huquqini qo‘lga kiritadi. U ikki bosqich: 10 kilometrlik sinov qismi va yo‘nalishning asosiy qismini barpo etishdan iborat bo‘ladi. Bu bosqichlarni 2021 va 2024—2025-yillarda yakunlash rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют