» » Qoldirilgan AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari olimpiadadan so‘ng o‘tkaziladi

Qoldirilgan AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari olimpiadadan so‘ng o‘tkaziladi


Yaponiya hukumatining ma’lum qilishicha, Pxyonchxandagi qishki olimpiada o‘yinlari tufayli qoldirilgan AQSh va Janubiy Koreya hamkorligidagi keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar olimpiadadan so‘ng to‘liq hajmda o‘tkaziladi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Yaponiya mudofaa vaziri AQShning quruqlikdagi qo‘shini shtabi boshlig‘i, general Mark Milli bilan muzokara o‘tkazdi.

“Harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazish yuzasidan rejalar o‘zgargani haqida eshitmadik. O‘ylashimcha, hammasi rejadagidek o‘tkaziladi”, — deydi Mark Milli.

Avvalroq, Seul va Vashington har yili o‘tkaziladigan, barcha turdagi qo‘shinlar ishtirokidagi Foal Eagle mashg‘ulotlari, shuningdek Key Resolve qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari keyinroqqa qoldirilganligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют