» » Rossiyada ikki nafar nafaqaxo‘r cho‘yan batareyaning yorilib ketishi oqibatida toshib ketgan issiq suvda kuyib halok bo‘ldi

Rossiyada ikki nafar nafaqaxo‘r cho‘yan batareyaning yorilib ketishi oqibatida toshib ketgan issiq suvda kuyib halok bo‘ldi


Sharqiy Sibirning Angarsk shahrida cho‘yan batareyaning yorilib ketishi oqibatida toshib ketgan issiq suv sabab ikki nafar qariya, ularning bitta iti va ikkita mushugi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “MK.ru”.

Halok bo‘lgan nafaqaxo‘rlarning qizini so‘zlariga ko‘ra, ular o‘tgan yilning yozida slesarga bu borada shikoyat qilgan. Kompaniya boshqaruvchisining aytishicha, kvartira xo‘jayinining o‘zi batareyani ta’mirlashga uringan va tasodifan suvni toshirib yuborgan.

“Vremya” gazetasining yozishicha, 73 yoshli ayol 12-fevral kuni soat 04:00 da qiziga qo‘ng‘iroq qilib, turmush o‘rtog‘ining ahvoli yomonlashganini, favqulodda xizmatga telefon qilib tusholmayotganini aytgan. Nafaqaxo‘rlarning qizi shifokorlarga qo‘ng‘iroq qilgunicha, uning turmush o‘rtog‘i qaynotasinikiga otlangan. Shu bilan birga marhumlarning kvartirasi ostida joylashgan “Sberbank” ofisiga tomdan chakki o‘tayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar kvartiraga faqatgina oyna orqali kirishga muvaffaq bo‘lgan. Toshib ketgan issiq suv va elektr toki oqibatida hech kim omon qolmagan. Shifokorlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra, nafaqaxo‘rlar kuyish oqibatida halok bo‘lmagan: erkakning ahvoli oldinroq yomonlashgan — yurak xuruji bo‘lishi mumkin.

Hozircha, suvning toshishiga aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum. Marhumlarning qizi bunda slesarlarni ayblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют