» » Toshkentda “Shirokaya maslenitsa” bayrami nishonlandi

Toshkentda “Shirokaya maslenitsa” bayrami nishonlandi


Shu kunlarda rus xalqining milliy bayrami – “Shirokaya maslenitsa” O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

“Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda rus milliy madaniy markazi tomonidan tashkil etilgan bayram tantanalari ham tabiat bilan inson o‘rtasidagi azaliy bog‘liqlikni tarannum etuvchi dastur va qiziqarli tomoshalarga boy bo‘ldi. Mutasaddilar bayram ishtirokchilarini qutlar ekan, mamlakatimizda turli millat vakillarining milliy marosimlarini hamjihatlikda nishonlash o‘ziga xos an’ana tusini olganini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.

Bayramda “Shirokaya maslenitsa” tarixi, uni nishonlash bilan bog‘liq urf-odat va an’analarning mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Tadbirda san’at ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 8) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют