» » Bill Geyts kam soliq to‘layotganidan shikoyat qildi

Bill Geyts kam soliq to‘layotganidan shikoyat qildi


Microsoft asoschisi Bill Geytsning fikricha, dunyoning eng badavlat kishilari boshqalarga qaraganda ko‘proq soliq to‘lashi kerak, deb yozadi “Meduza”.

Geyts mazkur fikrini CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ma’qullangan soliq islohoti haqida gapirayotib aytib o‘tgan.

“Men shu paytga qadar boshqalarga qaraganda 10 milliard dollar ko‘proq soliq to‘lab keldim. Biroq, hukumat moliyaviy ahvoli meniki bilan baravar fuqarolardan sezilarli darajada ko‘proq soliq olishi kerak”, — deydi Geyts.

Microsoft asoschisining ta’kidlashicha, Tramp islohotlari natijasida badavlat insonlar, o‘rtahol yashovchilarga nisbatan ko‘proq afzalliklarga ega bo‘ladi.

“Bu esa biz ko‘rishni istagan — ijtimoiy ta’minot tizimini kuchaytirish va eng badavlat kishilar uchun yuqoriroq soliq to‘lovlarini joriy etishga ziddir”, — deydi Geyts.

Bill Geyts bir necha yillar mobaynida dunyoning eng badavlat biznesmenlari ro‘yxatida yetakchilik qilgan. Forbes jurnali uning daromadini 90 milliard dollardan ko‘proqqa baholagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют