» » Olmaota, Jambul, Janubiy Qozog‘iston viloyatlarida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar vaqtida 35 kishi qo‘lga olindi (video)

Olmaota, Jambul, Janubiy Qozog‘iston viloyatlarida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar vaqtida 35 kishi qo‘lga olindi (video)


Olmaota, Jambul, Janubiy Qozog‘iston viloyatlari va Olmaota shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar natijasida 35 kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi Kazakhstan Today.

“Mamlakatning chegaraoldi hududlarida kontrabanda faoliyati bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurashishni kuchaytirish, shuningdek, Qozog‘iston milliy xavfsizligi bilan chegara sohasini tartibga solish ishlarini amalga oshirish maqsadida bosh prokuraturaning korrupsiyaga qarshi kurashish mulliy byurosi bilan birgalikda Olmaota, Jambul, Janubiy Qozog‘iston viloyatlari va Olmaota shahrida keng ko‘lamli maxsus operatsiya o‘tkazildi”, — deb xabar beradi mamlakat bosh prokuraturasining rasmiy vakili Oksana Loskutova.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 35 nafar gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, ular orasida bojxona va chegara xizmatining amaldorlari, brokerlar, o‘rtakashlar, shuningdek, uyushgan jinoiy guruh a’zolari mavjud.

“Kontrabanda mahsulotlari Qozog‘istonga to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan, shuningdek, qalbaki hujjatlar va bojxonaning yashirin sxemalari asosida Qirg‘iziston orqali olib kelingan. Gumonlanuvchilar chegara organlari va bojxona xizmatining turli lavozimlarida faoliyat yuritadi. Mahsulotlar Qozog‘iston va Rossiyaning yirik shaharlariga yuborilgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют