» » Tarmoqlarda yangi Peugeot 508 modelining surati paydo bo‘ldi

Tarmoqlarda yangi Peugeot 508 modelining surati paydo bo‘ldi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Peugeot Heritage sahifasida ikkinchi avlod Peugeot 508 sedanining surati paydo bo‘ldi. Surat orqali mazkur modelni to‘liq tomosha qilishning iloji yo‘q, biroq uning orqa faralari o‘tgan yilning boshida namoyish etilgan Instinct prototipiniki kabi ekanligini ko‘rish mumkin, deb xabar berdi “Motor”.

Yangi 508 sedani EMP2 modul platformasida yig‘iladi va rul hamda tormozlarni avtonom boshqaruvchi tizim bilan jihozlanadi.

Aytilishicha, ushbu modelning gibrid dvigatellisini buyurtma qilish ham mumkin bo‘ladi, ammo hozirda bu haqida batafsil ma’lumot yo‘q. Hozirgi avlod sedanining dizel-elektr motori mavjud.

Peugeot 508 modeli 2011-yildan buyon ishlab chiqariladi. Yangi model Jenevada bo‘lib o‘tadigan avtosalonda namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют