» » Qorako‘llik oqsoqol bir qismi Turkmanistondan o‘tgan kanalni O‘zbekistonga ko‘chirishda Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘radi (video)

Qorako‘llik oqsoqol bir qismi Turkmanistondan o‘tgan kanalni O‘zbekistonga ko‘chirishda Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘radi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida 16-fevral kuni Peshku tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga safaridan boshlangan an’ana — viloyatning har bir tumani bo‘yicha hudud faollarining Prezidentga murojaatlari Buxoroda ham davom etdi.

Jumladan, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani vakillari Shavkat Mirziyoyevdan Yomonjar kanalining Turkmanistondan o‘tgan 4,5 kilometrlik qismini O‘zbekiston hududiga o‘tkazishda yordam so‘radi.

“Tumanimizning ekin maydonlarini suv bilan ta’minlovchi Yomonjar kanalining 4,5 kilometr masofadagi qismi qo‘shni Turkmanistonning Lebap viloyati chegara hududidan o‘tishi sababli, kanalning ushbu qismini tozalash va foydalanishda katta muammolar vujudga kelmoqda. Kanalning mazkur qismini O‘zbekiston hududiga o‘tkazish va uning 6,2 kilometrlik qismini qaytadan ta’mirlash o‘ylab ko‘rilsa, ma’qul bo‘lardi”, — deya, qorako‘llik oqsoqollardan biri Prezidentga murojaat etdi.

Shavkat Mirziyoyev bu muammodan xabardor ekanini bildirib, yaqin vaqt ichida suv inshootlariga taalluqli katta qaror e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Bundan xabarim bor. Bugun suv inshootlari bo‘yicha juda katta masalalar qo‘yildi. Buxoro viloyati uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘mdan ko‘proq pul ajratiladi. Yaqinda biz qaror qabul qilamiz — Yomonjar kanali ham bu qarorda ko‘zda tutilgan. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari (Ramatov)ga topshiriq berdim, tez kunlarda menga bu masala bo‘yicha taklif beradi. Bu masala birinchilardan bo‘lib ko‘rib chiqilib, natijasi joylarga yetkazilishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют