» » Shavkat Mirziyoyev: Og‘ir paytlarda Kogonda 72 kun yotganman (video)

Shavkat Mirziyoyev: Og‘ir paytlarda Kogonda 72 kun yotganman (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Peshku tumanida viloyat faollari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyatdagi har bir tuman vakili videokonferens-aloqa orqali Prezidentga murojaat qildi.

Jumladan, Kogon tumani nomidan murojaat qilgan onaxon tumanda ichimlik suvi quvurlari eskirib ketgani, ularni yangilash bo‘yicha yordam kerakligini ta’kidladi.

“Bizda bitta muammo bor. U ham bo‘lsa, aholining 40 foizi ichimlik suvi bilan ta’minlangan — lekin suv quvurlari 1970-yillarda yotqizilgan. Ana shu ishda bizga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz”, — dedi u.

O‘z murojaati davomida kogonlik onaxon Prezidentga: “Buxoroning yetti pirlari sizni doimo qo‘llasin!”, — deb tilak ham bildirdi.

Mana shunday ayollar, hoji-onalar nomidan aytilgan tilaklar, “Yetti pirlar qo‘llab-quvvatlasin” degan gaplaringiz menga katta kuch bag‘ishlaydi. Xudo qancha ko‘p kuch bersa, Vatanimiz, xalqimiz uchun shuncha ko‘p mehnat qilamiz. Shunday sadoqatli, fidoyi onalarimiz borligidan juda mamnunman.

Haqiqatan ham, Buxoro qadimiy joy. Haqiqatan ham, Buxoroga safarlarimni Naqshband ziyoratidan boshlashimning tagida ham ko‘p-ko‘p ma’no bor. Buni tushungan odam to‘g‘ri tushunadi. Shuning uchun, sizga katta rahmat.

Bittagina iltimos qildingiz, endi darrov 40 foizini qilish qiyin. Kogonga Soliyev (uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri), Bekenov (iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari) boradi, nazoratini Muzraf Ikromov (Prezident davlat maslahatchisi) qiladi. Boringlar-da, Kogonning tahlilini aytinglar. Kerak bo‘lsa, qo‘shimcha pul orqali beriladi.

Albatta, biz suvni hal qilamiz. Kogon tumanini men o‘zim ham juda yaxshi bilaman, og‘ir paytlari o‘sha yerda o‘zim 72 kun yotganman. Kogonning har bir ko‘chasini yaxshi bilaman. Birga sinovlardan o‘tganmiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют