» » Shavkat Mirziyoyev — Buxorodagi muloqot so‘ngida: “Bu takliflarning bari men uchun uy vazifasi”

Shavkat Mirziyoyev — Buxorodagi muloqot so‘ngida: “Bu takliflarning bari men uchun uy vazifasi”


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida 16-fevral kuni Peshku tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga safaridan boshlangan an’ana — viloyatning har bir tuman bo‘yicha hududning o‘z faollari Prezidentga murojaat qilishi Buxoroda ham davom etdi.

“O‘zbekiston 24”ning “Tahlilnoma” dasturi reportajiga ko‘ra, yig‘ilish davomida Olot, Qorako‘l, Shofirkon, Jondor, Kogon, Peshku tumanlari vakillari hududlardagi bir qator muammolarni hal etishda yordam so‘rab, Prezidentga murojaat qilgan. Muammolarning aksariyati ichimlik suvi ta’minoti va ish o‘rinlari yaratish bilan bog‘liq.

Prezident har bir murojaat bo‘yicha joyida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Tumanlar bilan muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev shunday dedi: “Men mana shu takliflar, murojaatlarning barini uy vazifasi qilib olib ketaman”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют