» » O‘zbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonasini qurish boshlandi. Bu haqda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.

Dekabr oyida ishga tushishi kutilayotgan va umumiy qiymati 2 million dollar baholangan bu loyiha xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyihaning 1 million dollari “O‘zsanoatqurilish” bankdan olingan kredit hisobidan qoplanadi. Qolgan qismini xitoylik choy ishlab chiqaruvchi tadbirkor mutaxassislar va uskuna olib kelish hisobidan qoplaydi.

2019-yilda har gektar tutzordan 52,5 tonna tut bargi yig‘ib, choy tayyorlash rejalashtirilgan. Eksport hajmi 1,4 million dollar bo‘lishi kutilmoqda. Korxonada 50 ta doimiy va 1500 ta mavsumiy ish o‘rni yaratiladi.

Uyushma tomonidan tut barglari Xitoyga olib borilib, undan sinov tariqasida choy ishlab chiqarilgan edi.

Laboratoriya sinovlarida bunday choyning tarkibida kofein va tanin moddasi odatdagi choy nisbatan 200 barobar kam ekanligi aniqlandi. Tarkibidagi vitamin va minerallar esa, aksincha, ko‘p. B1, B2, A, C vitaminlar, soch va tirnoq uchun foydali kalsiy bor. Undagi kalsiy moddasi tvorogdagidan ham ko‘proq ekani aniqlandi.

U qandli diabetda, bosh og‘riganda, bosh aylanishida, yo‘talda, ko‘z shamollaganda foydali. Shuningdek, qon bosimini tushirishda yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют