» » Toshkent viloyatida imkoniyati chelangan shaxslarga fuqarolik pasportlari topshirildi

Toshkent viloyatida imkoniyati chelangan shaxslarga fuqarolik pasportlari topshirildi


Toshkent viloyati IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan nogiron, yoshi ulug‘ keksalarga fuqarolik pasporti ularning uyiga borib topshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Soha xodimlari fuqarolik pasporti uchun zarur bo‘lgan rasm va barmoq izlarini olishga mo‘ljallangan mobil qurilma vositasini aholi xonadonlariga olib borib, xizmat ko‘rsatmoqda.

Zangiota tumanidagi “Sortepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, nogironligi bo‘lgan Abdurahmon Ortiqboyevga ham tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolik pasporti topshirildi.

— Mutaxassislar imkoniyatim cheklanganligini hisobga olib, mobil qurilma yordamida uyimda tez fursatda qulay xizmat ko‘rsatdi. Hech qanday ortiqcha ovoragarchilik, qiyinchiliklar bo‘lmadi. Ularning beminnat yordami bilan bugun yangi fuqarolik pasportimni qo‘limda ushlab turibman , – deydi A.Ortiqboyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют