» » Yaponiyada tanaga yopishtirib qo‘yish mumkin bo‘lgan elastik displey ixtiro qilindi

Yaponiyada tanaga yopishtirib qo‘yish mumkin bo‘lgan elastik displey ixtiro qilindi


Tokio universiteti olimlari guruhi inson terisiga yopishtirib qo‘yish mumkin bo‘lgan o‘ta yupqa yorug‘lik diodli elastik displey ishlab chiqdi. Bu haqda 19-fevral kuni NHK telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Atigi 1 millimetr qalinlikdagi, mikrodiodlardan iborat ekran oltiga o‘n santimetrli plastirni eslatadi. Tadqiqotchilar guruhining ta’kidlashicha, displey inson tanasining harakatchan qismiga yopishtirib qo‘yilsa ham hech qanday noqulaylik keltirib chiqarmaydi. Bu ekranlarda matnli xabarlar o‘qish, hatto video ko‘rish mumkin.

Tadqiqotchilar guruhi rahbari Takao Someyaning so‘zlariga ko‘ra, bunday displeylarni ommaviy joriy etish barcha yoshlardagi insonlar kundalik hayoti sifatini yaxshilashi mumkin. Chunki ular axborot olish jarayonini ancha osonlashtiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют