» » Erondagi mag‘lubiyat sabab “Lokomotiv” Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘ringa tushib ketdi

Erondagi mag‘lubiyat sabab “Lokomotiv” Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘ringa tushib ketdi


Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Eronda “Zob Ohan”ga imkoniyatni boy bergach, turnir jadvalida 3-o‘ringa tushib ketdi. Chempionlar Ligasi guruh bosqichining reglamentiga ko‘ra, o‘zaro o‘yinda qayd etilgan natija birlamchi o‘rinda ko‘riladi.

Qatarning “Al-Duhayl” klubi esa qatorasiga ikkinchi bellashuvda ham zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Yulduzlar Ligasida peshqadam bo‘lib turgan qatarliklar ilk turda fors klubiga, keyingi turda esa Amirlik jamoasi darvozasiga 3 tadan gol urishga erishdi.

Guruhdagi 3-tur bellashuvlari 6-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Zob Ohan” Isfaxonda “Al-Vahda”ni qabul qiladi. “Lokomotiv” esa safarda “Al-Duhayl”ga qarshi bahs olib boradi.

Chempionlar Ligasi

“B” guruhi. 2-tur

19-fevral, dushanba

Gollar: Murtazo Tabriziy, 47 (1:0). Muhammad Rizo Husayniy, 92+ (2:0).

Gollar: Sebastyan Taglibe, 4 (1:0). Yusuf Al-Arabiy, 57 (1:1). Karim Budiaf, 75 (1:2). Yusuf Al-Arabiy, 80 (1:3). Murod Batna, 93+ (2:3).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют