» » Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qitishning kredit tizimi joriy etiladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qitishning kredit tizimi joriy etiladi


Yangi o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida o‘qitishning kredit tizimi joriy etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, shu jumladan uning filiallarida 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv jarayonining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sur’atlari bilan uzluksiz aloqasini ta’minlashni hisobga olgan holda mustaqil ravishda o‘quv rejalar va dasturlar, bitiruvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

professor o‘qituvchilar tarkibi mehnatini o‘qitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib faqat ta’limga xos tadbirlar asosida ish vaqti hisobga olinishiga asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag‘batlantirish huquqi berildi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kredit tizimi bo‘yicha o‘qitish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют