» » Buryatiya prokuraturasi o‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi

Buryatiya prokuraturasi o‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi


Buryatiyaning uch nafar fuqarosi va bir nafar o‘zbekistonlik ayol xorijliklarni Rossiya hududida noqonuniy ushlab turish va ulardan majburiy mehnatda foydalanganlikda ayblanmoqda. Bu haqda UZ24 Buryatiya prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zolari 2015-yili 11-nafar xorijlikning Rossiya hududiga noqonuniy kirib kelishini tashkil etgan va ularni Baykalbo‘yi hududidagi Turuntayevo qishlog‘ida joylashgan ishlab chiqarish bazalarining xo‘jalik inshootlariga joylashtirgan.

Bundan tashqari 2016-yilning mart-iyul oylari davomida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning 16 nafar fuqarosini ularning pasportini olib qo‘ygan holda noqonuniy ushlab turgan. Jinoyatchilar ularni faqat yegulik evaziga tekstil fabrikasida ishlashga majburlagan, turli qiynoq, psixologik va jismoniy zo‘rlik ishlatgan.

Mazkur jinoiy ish materiallari yaqin vaqt ichida ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют