» » Azim Ahmadxo‘jayev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib tayinlandi

Azim Ahmadxo‘jayev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib tayinlandi


2017-yilning martidan buyon Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga raislik qilib kelayotgan Azim Ahmadxo‘jayev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” hukumatdagi manbasiga tayanib, ma’lum qildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga bunga qadar rahbarlik qilib kelgan Sherzod Shermatov innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Yangi vazirlikka o‘tgan yilning 29-noyabrida asos solingandi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Suhrob Xolmurodov rahbar etib tayinlandi. U o‘zining bosh vazir o‘rinbosari lavozimi saqlab qoldi.

Azim Ahmadxo‘jayev 1979-yilda tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2016-yilning may oyidan 2017-yilning martiga qadar “Asaka” bankini boshqargan. Bunga qadar O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ng raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

Sherzod Shermatov 1977-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universiteti (1998) va AQShning Yel universitetini tamomlangan (2000). 2016-yilning noyabridan 2017-yilning fevraliga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Unga qadar 2014-yildan Toshkentdagi Inha univeritetiga rektorlik qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют