» » Belgiyalik shifokorlar bemorning xohishini hisobga olmasdan, uning hayotiga nuqta qo‘ydi

Belgiyalik shifokorlar bemorning xohishini hisobga olmasdan, uning hayotiga nuqta qo‘ydi


Belgiyada shifokorlar bemorning oilasi so‘roviga ko‘ra evtanaziyani amalga oshirdi. Ammo bunda bemorning xohish-istagi hisobga olinmadi, deb yozadi Daily Mail.

Shifokorlarning ushbu sohadagi yomon nazorati tufayli Evtanaziya bo‘yicha davlat komissiyasidan ketgan Villem Distelmansning ochiq xatidan keyin shov-shuv kelib chiqdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar Parkinson kasalligidan azob chekkan keksa bemorning hayotiga nuqta qo‘ygan. Distelmans da’vo qilishicha, bemor evtanaziyaga rozilik bergan bo‘lishi mumkin emas — uning salomatligi ixtiyoriy ravishdan shifokorlardan ushbu jarayonni amalga oshirishni so‘rash uchun imkon bermagan. Bundan tashqari, u biror marta ham hayot bilan vidolashish istagini namoyon qilmagan. Shunga qaramay, qarindoshlari iltimosi bilan bemorni o‘ldirishgan.

Distelmans ushbu hodisani qotillik deb baholash mumkin deb hisoblaydi, ammo shifokorlar komissiyasi a’zolari ishonch bildirishicha, bemorning azoblarini yengillashtirish uchun narkotiklar kiritilgan, o‘limga aynan shu sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют