» » O‘zbekistonda bir hafta davomida yuz bergan YTHlarda 140 ga yaqin fuqaro jarohatlandi

O‘zbekistonda bir hafta davomida yuz bergan YTHlarda 140 ga yaqin fuqaro jarohatlandi


12—18-fevral kunlari respublika avtomobil yo‘llarida 134 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 139 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, deb xabar beradi O‘zA.

5—11-fevral kunlari ushbu ko‘rsatkich 120 tani tashkil etib, jarohatlanganlar soni 113 nafar edi.

Xabarda keltirilishicha, o‘tgan hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 88 ming 730 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 44 ming 806 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 872 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 313 holatda belgilangan tezlik talablari buzilgan, 1 ming 258 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan.

Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют