» » Jerar Depardye Jazoir fuqaroligini oladi

Jerar Depardye Jazoir fuqaroligini oladi


69 yoshli fransiyalik taniqli aktyor Jerar Depardye Jazoir fuqaroligini olish maqsadida ushbu mamlakatga murojaat qildi. Depardye Jazoirni “jozibali” deb hisoblaydi, deb xabar berdi TJournal.

Uning fikricha, jazoirliklar — “savodsiz fransuz armiyasi tomonidan 1830-yilda egallab olingan juda aqlli va intellektual xalqdir”. Depardyening hisoblashicha, Jazoir Fransiya tarkibiga qo‘shilgan vaqtda fransuzlarning aksariyati jazoirliklardan farqli o‘laroq yozish va o‘qishni bilmagan.

Depardyening ushbu fikri ijtimoiy tamoqlarda ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarning bir qismi aktyorning fransuz hukumati bilan muammolari borligini hisobga olib, uning fikriga qo‘shilgan bo‘lsa, yana bir qismi Marselda yashaydigan fransuzlar va arab migrantlari o‘rtasida mojarolarni muhokama qilishga tushib ketdi.

2016-yilda Depardye Le Parisien muxbiriga ikki yil davomida musulmon bo‘lganini va Qur’onni diqqat bilan o‘rganib chiqqanini ma’lum qilgandi. Biroq keyinchalik aktyor musulmonlik amallarini bajara olmagani sabab ushbu dinni tark etgan.

Men yaqinda Jazoirda yashashni boshlayman. Men Jazoirni tanladim. Bu juda jozibali mamlakat. Shuni ma’lum qilmoqchimanki, Marselda yashaydigan jazoirliklar Jazoirda aytgan gaplarining yarmini ham ayta olmaydi. Marselda o‘zaro hurmat hissi yo‘qolgan, Jazoirda buni yaqqol bilish mumkin.

Jerar Depardye, aktyor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют