» » Shavkat Mirziyoyev: Butun dunyo musulmonlari Buxoroga intiladi

Shavkat Mirziyoyev: Butun dunyo musulmonlari Buxoroga intiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16—17-fevral kunlari tashrif bilan Buxoroda bo‘ldi. Avval xabar berilganidek, viloyatga tashrif Bahouddin Naqshband majmuasi ziyoratidan boshlangan edi.

O‘zAning xabar berishicha, Prezident majmuada olib borilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mas’ul shaxslarga qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston tarixidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Buxoroi sharif — ilm makoni. Butun dunyo mo‘min-musulmonlari Buxoroga intiladi. Nima uchun? Bu yerdagi ilm, bu yerdagi tarix, bu yerdagi zakovatga.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 11-iyul kuni “Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyish qabul qilingan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, buning uchun barcha manbalardan foydalanish lozimligini ta’kidladi.

Bu zamin — ulug‘ zamin. Qancha vaqtimiz ketsa ham, kerak bo‘lsa, moddiy-ma’naviy boyliklarimizni ishga solib, Buxoro zamini, Buxoro xalqining dunyo taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida yozib, buni dunyo hamjamiyatiga, o‘z navbatida, o‘z xalqimizga, yoshlarga, nuroniylarga yetkazadigan, bor kuchimizni ishga solib, baralla tarannum qiladigan vaqt keldi.

Naqshband, G‘ijduvoniyning katta bayramlarini munosib o‘tkazishning hamma chora-tadbirlarini ko‘rishimiz, buni musulmon dunyosi, ummasiga bildirishimiz kerak. Tayyorgarlikni ham shoshilmay, bosiqlik bilan, vazminlik bilan qilish kerak. Qachon tayyor bo‘lsak, shunda o‘tkazishimiz kerak. Bu masalaga yengil-yelpi qaramaslik kerak. Ma’no-mazmunini yana bir marta chuqur o‘ylab ko‘rib, shunday o‘tkazishimiz kerakki, elimiz ma’naviy ozuqa, bilim olsin.

Mana shu tantanamizga juda katta tayyorgarlik qilaylik, kitoblarini chiqaraylik, ilmiy asoslangan konferensiyalar o‘tkazaylik. Amerikadan, Yevropaga borib, sizlar shuni tarannum qilib kelinglar. Bu tadbirlar so‘nggi bir yilda biz sof islomning rivoji uchun ilgari surgan tashabbuslarimizning davomi bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident, shuningdek, “Yetti pir” nomi bilan mashhur qadamjolarni obobonlashtirish loyihalari bilan ham tanishgan edi. Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Orif Revgariy, Romitaniy, Boboyi Samosiy kabi me’moriy majmualarni o‘z ichiga olgan yetti pir ziyoratgohi o‘rtasidagi umumiy masofa 122 kilometrni tashkil qiladi. Shavkat Mirziyoyev majmualar o‘rtasidagi yo‘llar bo‘yida zamonaviy infratuzilma tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Yetti pirning orasidagi yo‘llar bo‘ylarida ular haqidagi ma’lumotlar aks etsin. Ziyoratga kelganlar keng ma’lumotga ega bo‘lsin.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют