» » Samarqand va Andijondagi yong‘inlarda ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqand va Andijondagi yong‘inlarda ikki kishi halok bo‘ldi


Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida 18-fevral, soat 04.55da “Ko‘prikboshi” MFY, “Payvasta” ko‘chasi, 75-uyda yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan A.Mirzayevning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Yong‘in oqibatida uyning 30 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va uy jihozlari yonib, zarar ko‘rdi. Uni o‘chirish chog‘ida A.Mirzayevning o‘g‘li, 1985-yilda tug‘ilgan D.Mirzayevning jasadi topildi.

Shu kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida soat 11.50 larda U.Yusupov ko‘chasi, 20-uyda yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan F. Bo‘ronovning uyida ham yong‘in sodir bo‘ldi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi. Ofat tufayli uyning 40 kvadrat metr maydonida shift qismi va uy jihozlari yonib ketdi. F.Bo‘ronovning uyida mehmonda bo‘lgan nabirasi, 2017-yilda tug‘ilgan A.Ahmadovning jasadi topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют