» » Sport kurashi murabbiylari MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, sohadagi barcha muammolarni ochib tashladi

Sport kurashi murabbiylari MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, sohadagi barcha muammolarni ochib tashladi


Bugun — 20-fevral sanasida MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi vakillarini qabul qildi, deb yozdi tashkilot matbuot xizmati.

Tokio—2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rishdan oldin sportning bir qator turlari faoliyatini isloh qilish kerakligi ta’kidlab o‘tilgandi. Uchrashuvdan maqsad sport kurashlarini O‘zbekistonda yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘lgan. Shu bois MOQ prezidenti bilan uchrashuvga sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati, terma jamoalar murabbiylari va boshqa mutaxassislar yetib kelgan.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov erkin va yunon-rum kurashini yanada rivojlantirish uchun nimalar qilinish lozimligi haqida takliflarni eshitgan. Uning ommaviyligini oshirish uchun viloyatlardagi holat ham jiddiy o‘rganilishi ta’kidlangan.

O‘z o‘rnida murabbiylar sohadagi muammolarni ochiq-oydin bayon etdi, deb yozgan matbuot xizmati. Ayrim kollejlarda mashg‘ulot zallari yo‘qligi, buning oqibatida sportchilar stadionda yoki uzoq joylarda mashg‘ulot o‘tkazayotgani aytildi. Ba’zi zallarda esa hali ham eski mashg‘ulot gilamlaridan foydalanilayotgani haqiqat. MOQ Prezidenti yaqin vaqtlar ichida barcha muammolar bartaraf etilishini, sportchilar uchun yetarli sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini aytgan.

Bundan buyon olimpiya zaxiralari kollejlari MOQ bazasi sifatida faoliyat olib boradi. Hududiy musobaqalar tizimini yaratishimiz lozim. Ish eng pastki bo‘g‘imlardan, bolalar va o‘smirlar sport maktablaridan boshlab qayta ko‘rib chiqilishi shart. Mamlakatimiz rahbari sportni rivojlantirish borasida oldimizga katta vazifalar qo‘ymoqda.

Endi har bir xalqaro musobaqa natijasi tahlil qilib boriladi. Kuchli sportchi tarbiyalab bergan murabbiylar, iqtidorlarni o‘z vaqtida aniqlay olgan seleksioner mutaxassislar MOQ tomonidan rag‘batlantiriladi. Kelajakda Chimyon va Zominda sportchilarimiz uchun o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют