» » Soliq qo‘mitasi tomonidan o‘tgan haftada 1439 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi

Soliq qo‘mitasi tomonidan o‘tgan haftada 1439 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi


O‘tgan hafta davomida davlat soliq qo‘mitasi va hududiy soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “Ishonch telefon”lari orqali 138 ta murojaat qabul qilindi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Murojaatlardan 7 tasi yuridik va 131 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 1439 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

“O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 237 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 1202 nafar shaxsga nisbatan 326,2 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 14:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют