» » Shavkat Mirziyoyev: Buxoro qorako‘li avvallari brend edi (video)

Shavkat Mirziyoyev: Buxoro qorako‘li avvallari brend edi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida qorako‘lchilikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Prezidentning viloyatdagi qorako‘lchilik bo‘yicha loyihalar bilan tanishuvi lavhalari “O‘zbekiston 24” telekanalida ko‘rsatildi.

Prezident bu sohada yo‘qolib borayotgan naslchilik va tajribani qayta tiklash zarurligini ta’kidladi. “Qorako‘lchilik bo‘yicha institut va jamg‘arma, Buxoroda zavod tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Buxoro viloyatida qorako‘lchilikka moyillik bor. Bu yerda ota-bobolardan qolgan qorako‘lchilik ilmi, sharoiti ham bo‘lgan. Oddiy masalalarni ko‘tarsak, ertaga qorako‘lchilikni ham tiklasak bo‘ladi. Bir vaqtlar qanday brend edi bu. Terisi ham, go‘shti ham pul.

Ilmsiz qorako‘lni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shuning uchun, 20—30 milliard so‘mlik fond qilinglar, shoshilmasdan, avvaliga qorako‘lchilik instituti, ilmi, yaylovlari, taqsimoti loyihalarini faqat Buxoro viloyati bo‘yicha tayyorlanglar.

Buxoroda katta qorako‘lchilik zavodini tashkil etish kerak. O‘sha zavodning o‘zi qorako‘lning hamma narsasini tarqatuvchi ham bo‘lsin.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют