» » O‘zmilliybank Germaniyaning AKA banki bilan 100 mln yevrolik shartnoma imzoladi

O‘zmilliybank Germaniyaning AKA banki bilan 100 mln yevrolik shartnoma imzoladi


2018-yil 19-fevral kuni Frankfurt-Maynda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Germaniyaning AKA Bank’i (AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH) o‘rtasida O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun 100 million yevrolik kredit shartnomasi imzolandi.

Kredit shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekistonning Germaniya bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3414-sonli qarori ijrosi doirasida imzolandi.

AKA Bank bilan imzolangan ushbu shartnoma O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining 2017-yilning 14—17-noyabr kunlari Germaniyaga qilingan safari doirasida amalga oshirilgan kelushuvlarning amaliy ifodasidir.

Shartnoma, xususan, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlaridan tovarlar hamda xizmatlar importini o‘z ichiga olgan investitsiya loyihalarini, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun bankka kredit liniyasi ajratilishini nazarda tutadi.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют