» » 28-fevral kuni ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligi doirasida tashkil etilgan maxsus konferensiya o‘z ishini boshlaydi

28-fevral kuni ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligi doirasida tashkil etilgan maxsus konferensiya o‘z ishini boshlaydi


28-fevral kuni soat 10:00 da ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligi doirasida tashkil etilgan maxsus konferensiya o‘z ishini boshlaydi. Keng qamrovli dasturlar 3 bo‘limdan iborat: reklama, marketing, digital marketing (raqamli marketing). Bu haqda tadbir matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

ADWEEK Marketing Konferensiyasi marketing, reklama, mualliflik huquqi, patentlash huquqi, internet marketingning amaliy jihatlarini o‘rganuvchi chet el va mahalliy ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda ishirok etish xususiy biznesni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish va rivojlantirish haqida ko‘proq ma’lumotlar olish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Quyida Konferensiyaning ayrim ma’ruzachilari mavzulari keltirilgan:

• Aleksandr Konev, myTarget (Rossiya, Mal.RuGroup) marketing bo‘limi boshlig‘i “Internet-reklama trendlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan.

• Valentina Dubrovskaya, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Raqobat muhitini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi “Reklama sohasidagi adolatsiz raqobat” mavzusida nutq so‘zlaydi.

• Olga Kuznetsova, “Yandeks” MChJ (Rossiya) loyihalar bo‘yicha menedjeri, “Internet-marketing. Buguni va kelajagi” mavzusini yoritib beradi.

• Dilafruz Jiyranova, Unitel MChJ (VeonGroup) digital marketing bo‘yicha mutaxassis, Digital: imkoniyatlar, vositalar, bashoratlar

• Ravshan Ibragimov, MediaDirectionGroup (partofOmnicom) uyushmasi MSA xodimi, Media iste’molini o‘rganish

• Botir Latipov, RA Prospect Media Agency direktori, Digital vidjet reklama vositasi sifatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют