» » 21-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

21-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?


21-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 1—3, kunduzi 8—10 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Kechasi 0—5 daraja sovuq, Xorazm viloyatida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3—8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 8—10 darajagacha, kunduzi 2—4 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0—5 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 0—5, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1—6, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 0—5, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi. Kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют