» » Toshkentda Ozarbayjon va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

Toshkentda Ozarbayjon va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi


O‘zbekiston savdo-sanoat palatasida Ozarbayjon va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Tadbirda 20 dan ortiq ozarbayjonlik yirik kompaniya vakillari ishtirok etdi.

“O‘zbekistonda Ozarbayjon respublikasi sarmoyasi ishtirokida 84 korxona faoliyat yuritadi. Ozarbayjonda esa O‘zbekistonning 2 korxonasi tashkil etilgan. Bular ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ MAK va ‘O‘zavtosanoat’ dilerlik markazidir’, — deyiladi xabarda.

Biznes-forum doirasida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va Ozarbayjon tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Shundan so‘ng savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Ozarbayjon tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют