» » Harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish fondi tashkil etildi

Harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish fondi tashkil etildi


O‘zbekiston harbiy sanoat davlat qo‘mitasida harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish fondi tashkil etildi. Uni shakllantirish va mablag‘larini sarflash to‘g‘risidagi nizom Vazirlar Mahkamasining 15-fevral kungi qarori bilan tasdiqlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Fond mablag‘lari O‘zbekiston davlat budjeti, shuningdek Davlat qo‘mitasiga habriy sanoat bo‘yicha to‘lanadigan komission to‘lovlar hisobidan shakllantiriladi.

Bundan tashqari, tashqi bozorga sotilayotgan harbiy-texnik mulk qiymatining 30 foizi va qo‘mita tomonidan beriladigan litsenziyalarning to‘liq qiymati fond hisobiga tushadi.

Fond mablag‘lari harbiy-sanoat kompleksida loyiha va dasturlarni moliyalashtirish, qurol-aslahalar, harbiy texnikani ishlab chiqarish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют