» » OChL. Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” Qarshi shahrida Amirliklarning “Al-Vasl” klubini taslim qildi

OChL. Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” Qarshi shahrida Amirliklarning “Al-Vasl” klubini taslim qildi


Qarshining “Nasaf” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida “Al-Vasl” ustidan zafar quchdi.

Bellashuv taqdirini “Nasaf”ning legioner futbolchilari hal qildi. 57-daqiqada Slavko Lukich burchak zarbasini amalga oshirgan bo‘lsa, uchib kelayotgan to‘pni himoyachi Igor Golban boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Shu tariqa Qarshi klubi o‘z hisobiga 3 ochko yozib qo‘ydi.

“Nasaf” guruh bosqichidagi ilk o‘yinni Eronda “Persepolis”ga qarshi o‘tkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘z navbatida “Al-Vasl” klubi ham ilk turni “As-Sadd”ga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergandi — 1:2.

Guruhdagi 3-turni Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 5-mart kuni o‘tkazadi. Shu kuni Qarshida ispaniyalik mashhur futbolchi Xavi to‘p suradigan Qatarning “As-Sadd” klubi mehmon bo‘ladi.

Chempionlar Ligasi

“C” guruhi. 2-tur

20-fevral, seshanba

Gol: Igor Golban, 57 (1:0).

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov — Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov, Saydullo Rahmatov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Islom Kenjaboyev (Islom Rashidxonov, 55), Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullayev, 82), Bobur Abdixoliqov (Sanjar Rashidov, 93+).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют