» » Maduro Venesuela kriptovalyutasi ishga tushirilishini e’lon qildi

Maduro Venesuela kriptovalyutasi ishga tushirilishini e’lon qildi


Venesuela o‘z kriptovalyutasi El Petro’ni ishga tushirdi. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deb yozadi “RBK”.

“Hamkasblar, bir necha daqiqadan so‘ng iqtisodiyotimizni mustahkamlovchi o‘z kriptovalyutamiz El Petro’ni ishga tushiramiz”, — deb yozdi u.

Venesuelaning o‘z kriptovalyutasi bo‘lishi haqida Maduro 2017-yilning dekabrida ma’lum qilgan edi. U 2018-yilning yanvarida 100 million kriptovalyuta chiqarishga buyruq berdi va har bir El Petro’ning qiymati Venesuela neftining bir barreliga teng bo‘lishini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют