» » Odil Ahmedov to‘p surayotgan “Shanxay SIPG” Chempionlar Ligasining ketma-ket ikkinchi o‘yinida zafar quchdi

Odil Ahmedov to‘p surayotgan “Shanxay SIPG” Chempionlar Ligasining ketma-ket ikkinchi o‘yinida zafar quchdi


Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 2-turdan keyin peshqadam bo‘lib oldi.

Musobaqani Yaponiyada “Kavasaki Frontale”ni yengish bilan boshlagan shanxaylik futbolchilar, bu safar Avstarliyaning “Melburn Viktori” klubini qabul qildi va yirik g‘alabaga erishdi. Bellashuvda 3 ta gol braziliyalik legionerlar tomonidan urildi. Yana birini Xitoy termasi yetakchisi Vu Lei kiritdi. O‘zbekistonlik Odil Ahmedov maydonda 89 daqiqa harakat qildi va keyin almashtirildi. O‘zbekiston milliy termasi sardori birinchi o‘yinda to‘liq to‘p surgandi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda koreyalik futbolchilar Yaponiya jamoasidan ustidan zafar quchib, ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi. 7-mart kuni “Shanxay SIPG” 3-tur doirasida “Ulsan Xyundai”ni qabul qiladi.

Chempionlar Ligasi

“F” guruhi. 2-tur

20-fevral, seshanba

Gollar: Xalk, 27-pen (1:0). Vu Lei, 41 (2:0). Oskar, 47 (3:0). Besart Berisha, 69-pen (3:1). Oskar, 77 (4:1).

Gollar: Jung Jae Yong, 42 (1:0). Li Yung Jae, 66 (2:0). Chinen, 85 (2:1).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют