» » Toshkent viloyatida hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Toshkent viloyatining Piskent tumani hokimi sobiq o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ikki nogiron fuqaroning 21 million so‘mini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborishda gumon qilinmoqda.   Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Prezidentning “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tumandagi ehtiyojmand fuqarolardan 2 nafariga uy-joy qurib berilishi belgilanadi. Uyning boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirish uchun 2017-yili    2-guruh nogironi N.K. nomiga plastik karta ochilib, unga 11 million so‘m va 2-guruh nogironi O.O. uchun onasining nomiga ochilgan plastik kartaga 10 million so‘m uy-joy kreditini shakllantirish uchun tushirib beriladi.

Sobiq tuman hokimi o‘rinbosari mazkur fuqarolar nomiga bankda omonat hisob raqami ochib, plastik kartalardagi pulni topshirishi lozim edi. Ammo u mansabini suiste’mol qilib, mablag‘larni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Piskent tuman prokuraturasi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining167-moddasi 2-qismi va 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют