» » Turkiyada rasman 2,5 ming nafar o‘zbekistonlik ishlamoqda

Turkiyada rasman 2,5 ming nafar o‘zbekistonlik ishlamoqda


2017-yili Turkiyada 87 mingdan oshiq xorijlik fuqaro ishlashga ruxsat oldi. Bu haqda mamlakat mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi UZ24.

Ularning katta qismi suriyaliklar — 20970 kishi. Ikkinchi o‘rinda Gruziya (7317), uchinchida esa Qirg‘iziston (6360) fuqarolari qayd etilgan.

Shuningdek, Ukraina (5761), Xitoy (4288), Turkmaniston (3 847), Hindiston (3055), O‘zbekiston (2465) va Rossiya (2290) fuqarolari ham Turkiyada ishlash uchun rasman ruxsat olgan.

Ishlashga ruxsat olganlar orasida AQSH (983), Buyuk Britaniya (965), Germaniya (960), Italiya (649) va Fransiya (543) fuqarolari ham bor.

Ma’lumot uchun, 2017-yilda Turkiyada ishlash uchun 100 ming chet el fuqarosi murojaat qilgan va ulardan 87190 nafariga bunga ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют