» » Odil Ahmedovdan keyin Server Jeparov jamoasi ham Chempionlar Ligasi guruhida peshqadam bo‘lib oldi

Odil Ahmedovdan keyin Server Jeparov jamoasi ham Chempionlar Ligasi guruhida peshqadam bo‘lib oldi


O‘zbekistonlik Server Jeparov to‘p suradigan Tehronning “Istiqlol” klubi Chempionlar Ligasining 2-turida 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Ozodi” stadionida Saudiyaning “Al-Hilol” klubini qabul qilgan “Istiqlol”ga mehmon futbolchining avtogoli yordam berib yubordi. 67-daqiqadan boshlab saudiyaliklar maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi va yakunda mag‘lubiyatdan qutilib qololmadi.

Server Jeparov ilk turda bo‘lgani kabi, bu safar ham maydonda 90 daqiqa harakat qildi. Ayni paytda tehronliklar 4 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Guruhdagi ikkinchi bellashuvda “Al-Ayn” futbolchilari Qatar jamoasini taslim qila olmadi.

Chempionlar Ligasi

“D” guruhi. 2-tur

20-fevral, seshanba

Gollar: Markus Berg, 10-pen (1:0). Abdulrazzoq Hamdallah, 28-pen (1:1).

Gol: Abdulloh Al-Fotih, 46-avt (1:0).

Chetlatish: Ali Al-Habsiy, 67 (H).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют