» » Andijonda tabiiy gaz koni topildi

Andijonda tabiiy gaz koni topildi


Yaqin kunlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yana bir gaz qudug‘i ishga tushiriladi. O‘tgan yil noyabrida ham bu yerda tabiiy gaz koni topilgandi, deya xabar beradi O‘zA.

“Andijonneft” va “Qo‘qon parmalash ishlari” aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari tomonidan olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida Buloqboshi tumanining Uchtepa qishlog‘i hududida tabiiy gaz koni mavjudligi aniqlanib, qazish va parmalash ishlari amalga oshirildi.

— Hududda to‘rtta quduq qazildi, — deydi “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi M.Davlatov. — Bugungi kunga kelib, 3-quduq ishga tushirildi. Mazkur quduq orqali ayni kunda  80-90 atmosfera bosimi miqdorida gaz qazib olinmoqda. Yana bir quduqni ishga tushirish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.

Qazib olinayotgan gaz esa “O‘ztransgaz” Andijon viloyati gaz ta’minoti hududiy filiali tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Hududda mavjud yer osti tabiiy gaz zaxiralarini aniqlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют