» » O‘zbekiston Superligasi o‘yinlarini Sport-TV translyatsiya qiladi. 1-turning barcha o‘yini jonli ko‘rsatiladi

O‘zbekiston Superligasi o‘yinlarini Sport-TV translyatsiya qiladi. 1-turning barcha o‘yini jonli ko‘rsatiladi


Milliy teleradio kompaniyaning Sport-TV kanali futbol bo‘yicha O‘zbekiston Super Ligasi bellashuvlarini translyatsiya qiladi.

Sport-TV va PFL bu borada o‘zaro kelishuvga erishdi. Avvalroq translyatsiya masalasida kelishuvga erishi mumkin bo‘lgan telekanallar oldiga jiddiy shartlar qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra Superliga bellashuvlarining eng kamida 60 foiz o‘yini namoyish etilishi kerak edi.

“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, Sport-TV Superliganing 1-turidan joy olgan barcha bellashuvlarni jonli ko‘rsatishni rejalashtirgan. Bunaqasi esa hozirga qadar kuzatilmagandi. Ilk tur uch kun davom etadi va har kuni muxlislar 2 tadan bellashuvni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov muxlislarga qulaylik yaratish uchun futbol uchrashuvlarini dam olish kunlariga belgilash bo‘yicha topshiriq bergandi. Vaziyatdan kelib chiqqan PFL ish kunlariga ham o‘yinlar tayin qildi va ularning 18:00 dan erta boshlanmasligini ta’minlashga kafolat berdi. 1-tur bellashuvlari ham 18:00 va 20:00 da start oladigan qilib belgilandi.

O‘zbekiston Superligasi

1-tur bellashuvlari

1-mart, payshanba

“Neftchi” — “Nasaf”

“Qizilqum” — “Lokomotiv”

2-mart, juma

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona”

“Metallurg” — “Navbahor”

3-mart, shanba

“Buxoro” — “Qo‘qon-1912”

“Bunyodkor” — “AGMK”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют