» » BMT: Suriyaning Sharqiy Guta tumanidagi aviahujumlarda o‘ndan ortiq yosh bola halok bo‘ldi

BMT: Suriyaning Sharqiy Guta tumanidagi aviahujumlarda o‘ndan ortiq yosh bola halok bo‘ldi


BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik Damashqqa qarashli Sharqiy Guta shaharchasidagi otishmalarda 100 dan ortiq tinch aholi vakillari halok bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Dushanba (19-fevral)dan buyon Sharqiy Gutada 100 dan ziyod kishi o‘ldirilgani, ular orasida kamida 13 bola borligi haqida xabarlar kelib tushmoqda. Sharqiy Gutadagi beshta kasalxona yoki tibbiyot punkti aviazarbalarga uchragan”, — dedi Dyujarrik.

BMTdagilar hisob-kitoblariga ko‘ra, qamal qilingan anklavda 400 mingga yaqin odam bor. Shuningdek, tashkilotdagilar Sharqiy Guta harbiy nizo deeskalatsiyasi zonasi ekanligini eslatdi va jang qilayotgan tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют